21:48 / 18.02.2018
87 834

Avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma boji arzonlashtirildi (foto)

Avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma boji arzonlashtirildi (foto)
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi. Bu haqda Facebookdagi "Adliya bilan muloqot" guruhi konsultanti xabar berdi.

Qaror bilan davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimi yanada soddalashtirilib, aholi uchun bir qancha yengilliklar yaratildi.

Jumladan:
  • avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga berganlik uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari, begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi. Bunda davlat boji miqdori 1,7 baravarga arzonlashdi;
  • avtomashinalarni oldi-sotdi, hadya va ayirboshlash shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji avtomashinaning chet elda yoki mamlakatimizda ishlab chiqarilganligidan qat’iy nazar, bir xil belgilandi va uning miqdori o‘rtacha 2-5 marotabaga arzonlashdi.

Bu yangilik aholiga yengillik yaratish bilan birga, notarial idoralar xodimlari tomonidan boj to‘lovlarini ortiqcha hisoblash va undirish hamda boshqa korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi, deydi mutaxassislar.



Mazkur infografika "Adliya bilan muloqot" guruhidan olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma boji arzonlashtirildi (foto)