18:39 / 21.02.2018
6 280

Turkmaniston prezidenti ma’muriyati nima uchun 25 ta “Maybach”ni sotuvga qo‘ydi?

Turkmaniston prezidenti ma’muriyati nima uchun 25 ta “Maybach”ni sotuvga qo‘ydi?
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovning ma’muriyati “Maybach S600L” rusumidagi 25 ta avtomobilni kimoshdi savdosiga qo‘ydi.

Mashinalarning barchasi zirhlangan bo‘lib, 13 tasi 2009 yili, qolganlari esa 1995 yili ishlab chiqarilgan. Kimoshdi savdosi Turkmaniston davlat tovar-xomashyo birjasining portalida bo‘lib o‘tadi.

2009 yili ishlab chiqarilgan xorij avtomobillari 75,5 ming AQSH dollariga, 1995 yilda ishlab chiqarilganlari esa undan ikki barobar arzonroqqa, ya’ni 25,1 ming AQSH dollariga baholangan.

“Turkmaniston solnomasi” nashrining qayd etishicha, sotuvga qo‘yilgan avtomobillar Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelgan xorijiy mamlakatlarning rahbarlarini olib yurgan.

Turkmaniston yetakchisining o‘zi esa umuman boshqa avtomobillardan foydalanadi. Darvoqe, u ko‘pincha mashinani o‘zi haydaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Turkmaniston prezidenti ma’muriyati nima uchun 25 ta “Maybach”ni sotuvga qo‘ydi?