Foto "Xabar.uz"
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyidan boshlab «GM Uzbekistan» avtomobillari narxi 15 foizga oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabarga oydinlik kiritish maqsadida kompaniya vakili bilan bog‘landik. Uning aytishicha, bu haqda hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
«Bugun dam olish kuni bo‘lgani uchun ham aniq va rasmiy ma’lumot bera olmayman. Lekin ayni paytda kompaniyada bunday ma’lumot yo‘q.
«GM Uzbekistan» avtomobillari narxini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Shuning uchun ba’zida, hattoki, rahbarlar ham mashinalar narxi oshirilishi haqida bir necha kun oldin xabar topishadi.
Kompaniyaning barcha rasmiy ma’lumotlari rasmiy saytimizda beriladi», — dedi kompaniya vakili.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi farmoni ijrosi doirasida 5 sentyabrdan «GM Uzbekistan» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar chakana narxlari milliy valyuta — so‘mda belgilangan va ular avvalgi narxlarga nisbatan o‘rtacha 25—30 foizga yuqorilagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi