Shu kunlarda Toshkentdagi Sergeli mashina bozori Toshkent viloyatiga ko‘chirilayotgani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Bunga oydinlik kiritish uchun O‘zA Toshkent shahar hokimiyatining axborot xizmati bilan bog‘landi.
— Haqiqatan, Sergelidagi mashina bozori Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. Biroq Chinoz tumanida bozorga aylantirilishi kerak bo‘lgan hudud talabga javob bermagani bois, bozorni ko‘chirish qoldirildi. Chinoz tumanida mashina bozori uchun mo‘ljallangan hududni tartibga keltirish lozim. Bu esa o‘z o‘rnida vaqt talab etadi. Ayni damda bozor Chinoz tumaniga qachon o‘tkazilishi ma’lum emas, — deydi axborot xizmati vakili.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Sergeli tumanida keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu loyihalar aholi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadlarini ko‘zlagan. Tuman hududida joylashgan avtomobil bozori ortiqcha tirbandliklarga sabab bo‘lib, aholiga qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda.
Shu maqsadda hukumat mazkur bozorni Toshkent viloyati hududiga ko‘chirish bo‘yicha takliflarini bergan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 10 iyul kuni Sergeli tumaniga tashrifi doirasida muhokama qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi