20:12 / 26.04.2018
10 433

O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodi ish boshlash arafasida…

O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodi ish boshlash arafasida…
“UAZ” MCHJ O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boshlang‘ich bosqichda. Bu haqda “Xalq so‘zi” “UAZ”ning MDH bo‘yicha savdo bo‘limi boshlig‘i Aleksey Zabolotnovga asosan xabar bermoqda.

“Rejalarimizdan biri – avtomobillarimizni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxshi imkoniyatlar bor”, — deb aytib o‘tgan Aleksey Zabolotnov Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko‘rgazmasida.

Zabolotnov ma’lum qilishicha, ayni damda “UAZ” vakillari “O‘zavtosanoat” bilan yaqin hamkorlikda, ushbu loyihaning iqtisodiy asoslari o‘rganib chiqishmoqda. Tomonlarga kelishuvga erishsa O‘zbekistonda “UAZ”ning “Patriot”, “Pickup” va “Profi” modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

“Ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish borasida biz, an’anaviy ravishda, g‘arbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, — deydi u.

Sotuv rejalari borasida, 2018 yilda “UAZ” O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000taga yetkazmoqchi. 2017 yilda ushbu ko‘rsatkich 400tani tashkil qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodi ish boshlash arafasida…