17:28 / 05.05.2018
4 360

Xitoyliklar noodatiy elektrokrossoverni taqdim etdi

Xitoyliklar noodatiy elektrokrossoverni taqdim etdi
Xitoyning «Singulato» avtomobil brendi orqa eshiklari harakatlanish yo‘nalishiga qarshi ochiladigan yetti o‘rindiqli «iS6» krossoverini Pekindagi avtosalonda taqdim etdi. Bu haqda «Nv.ua»ga tayanib «Xabar.uz» yozmoqda.

«Singulato» — bu 2014 yilda Pekinda asos solingan «Zhinche Auto» startapiga tegishli brend hisoblanadi. Taqdim etilgan avtomobil to‘liq elektr energiyasi harakatlanadi va ko‘rinishi jihatidan krossoverning mikroavtobus bilan gibridini eslatadi.

«iS6» modeliga 349 ot kuchiga ega elektrodvigatel o‘rnatilgan bo‘lib, uning maksimal tezligi soatiga 400 kilometrgacha yetadi. 100 km/soat tezlikka chiqishi uchun esa atiga to‘rt soniya kifoya.

Besh va yetti o‘rinqidli salonga ega avtomobilning uzunligi 4,9 metrga teng, g‘ildiraklar bazasining o‘lchami esa 2,96 metrni tashkil etadi.

«Singulato iS6»ga 15,6 dyuymli sensorli multimedia kompleksi o‘rnatilgan. Yaqin orada brend o‘zining ikkinchi modeli — «Singulato iM8»ni taqdim etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyliklar noodatiy elektrokrossoverni taqdim etdi