Xelsinki shahri ilk o‘zi boshqariluvchi avtobus sotib oldi. Uning sinovlari Finlyandiya poytaxtidagi ilk uzun yo‘nalish Helsinki Robusline’da sinovdan o‘tkazilmoqda.
Yangi yo‘nalish yoz boshida shaharning Kivikko tumanida joriy qilinadi. Sinovlar “oxirgi kilometr” muammosi qanday hal qilinishini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, uydan yaqin bekatgacha masofa bir kilometrdan ko‘proq bo‘lsa, odam jamoat transportiga emas, avtomobilga o‘tirishi ehtimoli katta, degan fikr mavjud.
Xelsinkida haydovchisiz avtobuslar sinovini o‘tkazish tashabbusini Metropolia texnologik universiteti bildirgan. Universitet Sohjoa dasturi doirasida 26 aprelda Suvilaxti tumanida robotlashtirilgan kichik avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Avtobus 3 ta to‘xtash bilan dushanbadan jumagacha soat 10dan 17gacha qatnaydi. Unda istalgan odam yurishi mumkin. Yo‘lovchilar orasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib borilmoqda.
Xelsinkida haydovchisiz jamoat transportining ilk sinovlari 2016 yildayoq boshlangan. O‘shanda Fransiyaning EasyMile kompaniyasining elektr haydovchisiz avtobuslari shaharning Xernesaari tumanida yura boshlagan. Xelsinki London, Los-Anjeles va Buenos-Ayres bilan bir qatorda shahar muhitiga haydovchisiz transportni joriy qilishga qaratilgan Bloomberg Aspen Initiative loyihasida ishtirok etmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi