12:23 / 24.05.2018
9 240

Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston shahar va qishloqlarida transport harakatining cheklangan eng yuqori tezligini 70 km/s dan 60 km/s ga tushirish taklifi tasdiqlanmadi.

Vazirlar Mahkamasining 19 maydagi qarori bilan tasdiqlangan 2018−2022 yillarda mamlakatda Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi"da bunday band yo‘q.

Adliya vazirligi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hujjatda yo‘llardagi tezlik rejimi viloyatlar hokimlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi qarori bilan ularning o‘ziga xosligi inobatga olingan holda o‘rnatiladi.

Yo‘l harakati qoidalariga avtotransport vositalariga bolalar ushlab turuvchi uskunalaridan foydalanish bo‘yicha talab ham kiritildi (ularni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish belgilangan).

Bundan tashqari, YHQ yengil va yuk mashinalariga kunduzgi yurish chiroqlaridan majburiy foydalanish talabi bilan to‘ldirildi. Maqsad — kunning yorug‘ kunlarida harakatdagi transport vositalarini ko‘rish darajasini oshirishdan iborat bo‘lib, u BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining 2011 yilgi 87-qoidalari talabiga muvofiq keladi.

Yuqoridagi kabi o‘zgarishlarni joriy etish to‘g‘risidagi hukumat qarori yil oxirigacha qabul qilinishi zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi