14:58 / 22.06.2018
8 210

O‘zbekistonda Chevrolet Bolt TV elektromobili paydo bo‘lishi sababi tushuntirildi

O‘zbekistonda Chevrolet Bolt TV elektromobili paydo bo‘lishi sababi tushuntirildi
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida yurgan Chevrolet Bolt TV elektromobili suratlari tarqalgandi, deb yozadi Repost. Ba’zi guruhlarda ushbu avtomobil O‘zbekistonda yig‘ila boshlashi mumkinligi haqida yozishdi, ammo bunday xabarlar mish-mishdan boshqa narsa bo‘lib chiqmadi.

GM Uzbekistan ushbu gap-so‘zlarga izoh berib, O‘zbekistonda Chevrolet Bolt TV’ning paydo bo‘lish sababini tushuntirdi. Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil o‘zi ishlab chiqariladigan Ontariodan yagona nusxada keltirilgan. Mashinani eksperimental formatda sinovdan o‘tkazish va o‘rganish maqsadida olib kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zavtosanoat» rahbari Umidjon Salimov kompaniyada tashkil etilgan maxsus guruh elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish ustida ish olib borayotganini, bir oy ichida Toshkentga sinov uchun Chevrolet Bolt elektrokari va Xitoyning JAC avtokompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobil keltirilishini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda Chevrolet Bolt TV elektromobili paydo bo‘lishi sababi tushuntirildi