Ikki million dollarlik poyga mashinasi: Ferrari dizaynerlari ishga kirishdi

  • Avto
  • 18-07-2018, 11:56
  • 1 024
  • Икки миллион долларлик пойга машинаси: Ferrari дизайнерлари ишга киришди
    Pininfarina dizaynerlik kompaniyasi o‘zining ilk poyga elektromobili haqida ma’lum qildi. Mashinaga PF0, deb nom berilgan.

    Pininfarina PF0 yuz kilometrlik tezlikka 2 soniyada chiqadi. Elektromobilning eng yuqori tezligi 400 km/s. Oddiy yo‘lda yurganda bir bor quvvatlangan akkumulyator zaryadi 500 km masofani bosib o‘tishga yetadi. Shu bilan birga batareya tezkor quvvatlantirgich texnologiyasi bilan jihozlangan va 10-15 daqiqada 80 foizga quvvatlanadi. Akkumulyator Pininfarina PF0’ning o‘rtasida joylashgan va elektrokaraning yo‘ldagi barqarorligini yaxshilaydi.

    Pininfarina PF0 giperkarini avgust oyida Pebble Beach Concours d’Elegance yopiq ko‘rgazmasida omma e’tiboriga havola qilish rejalashtirilgan. To‘liq namoyishi esa, 2019 yil mart oyida Jeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. 2020 yilda birinchi seriyali varianti konveyerdan chiqadi. “Uchar mashina”ning narxi 2 −2,5 mln dollar.

    Pininfarina, bu Italiyaning 1930 yilda tashkil etilgan sobiq dizaynerlik uyi. Kompaniya Alfa Romeo, Fiat, Lancia, Ferrari-64 va Cadillac Allenté avtomobillarining tashqi ko‘rinishini yaratishda yordam bergan. 2000 yillarda ushbu dizaynerlik uyi startapga aylantirildi va o‘zining elektrokarlarini yaratish bilan shug‘ullanmoqda.

    » » Ikki million dollarlik poyga mashinasi: Ferrari dizaynerlari ishga kirishdi
    Яндекс.Метрика