18:47 / 01.08.2018
7 735

«O‘zavtosanoat» bayonot bilan chiqdi: 1 avgustdan avtomobillar narxi oshmaydi

«O‘zavtosanoat» bayonot bilan chiqdi: 1 avgustdan avtomobillar narxi oshmaydi
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi o‘z saytida bayonot bilan chiqdi. Unda 1 avgustdan GM Uzbekistan avtomobillariga narxlar oshirilmasligi haqida so‘z yuritilgan.

«1 avgustdan «GM Uzbekistan» AJ avtomobillariga narxlar oshirilmaydi», - deyilgan xabarda. Keyinchalik u saytda ko‘rinmay qoldi. Kun.uz muxbirlari bilan suhbatlashgan «O‘zavtosanoat» xodimi ushbu xabarni tasdiqlagan. Uning qayd etishicha, saytda texnik nosozlik kuzatilmoqda.

30 iyun kuni «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 1 avgustdan avtomobillar narxi o‘rtacha 14 foizga oshirilishi haqida xabar berdi.

«GM Uzbekistan» AJ avtomobillariga narxlar o‘zgarmaydi. Xalqaro press-klubning 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida muhokama qilingan avtomobillar narxi masalasi bugungi kunda tegishli tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda har tomonlama o‘rganib chiqilmoqda. Bunda ushbu masalaning ijobiy va salbiy jihatlari hisobga olingan», - deya ma’lum qilishgan kompaniyadan.

U yerdan ta’kidlashlaricha, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillar narxi haqida tarqalgan ma’lumot va prays-listlar haqiqiy emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «O‘zavtosanoat» bayonot bilan chiqdi: 1 avgustdan avtomobillar narxi oshmaydi