16:57 / 08.08.2018
6 239

GM Uzbekistan ikkilamchi bozor narxi va spekulyativ taklif haqida izoh berdi

GM Uzbekistan ikkilamchi bozor narxi va spekulyativ taklif haqida izoh berdi
GM Uzbekistan’ning O‘zbekiston bo‘yicha chakana narxi va talabi yuqori avtomobillardagi ikkilamchi bozor narxi o‘rtasidagi katta farq ushbu modellar uchun spekulyativ taklifni shakllanishiga olib keldi. Bu haqda kompaniya Xalqaro press klubning materialida ma’lum qilgan.

“Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab xaridorlar shu kabi avtomobillarni (Damas, Labo, Malibu) onlayn-portal orqali sotib olish uchun navbatda turibdi. Talabi yuqori modellarni shaxsiy foydalanish uchun sotib olishni istagan xaridorlar uni ikkilamchi bozorda juda katta narxda sotib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda”, - deyiladi xabarda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, taklif qilinayotgan narxlar oshirilishi quyidagi masalalarni hal qiladi:

1. GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning ichki bozordagi narx belgilanishida muvozanatni tiklash va ikkilamchi bozor narxi bilan tafovutni bartaraf etish, shuning oqibatida fuqarolar uchun avtomobil sotib olishdagi talabi mutanosibligini ta’minlash;

2. Talabi yuqori avtomobillarni spekulyativ operatsiyalarini bartaraf qilish, va xaridorlarni ushbu modellarni fuqarolar tomonidan olib sotish uchun emas, balki maqsadli foydalanish uchun ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olinishini ta’minlash.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, narxlarni asoslash uchun qabul qilinadigan avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda GM Uzbekistan AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan ikkilamchi bozor narxi va spekulyativ taklif haqida izoh berdi