10:08 / 14.08.2018
7 383

“O‘zavtosanoat”: Avtosalonlarda nima uchun shartnoma berilmayapti?

“O‘zavtosanoat”: Avtosalonlarda nima uchun shartnoma berilmayapti?
Joriy yilning 30 iyul kuni Xalqaro press-klubda o‘tkazilgan muloqotda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov 1 avgustdan avtomobillar narxi o‘rtacha 14 foizga oshirilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Shundan so‘ng 1 avgust kuni «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati o‘z saytida «GM Uzbekistan» avtomobillarining narxlari oshirilmasligi haqidagi qo‘shimcha bayonot bilan chiqqandi.

1 avgustdan narxlar rasman oshmadi. Biroq jamoatchilik tomonidan «Avtosalonlarda shartnomalar nima uchun berilmayapti?», mazmunidagi e’tirozlar ko‘paydi. Haqiqatan ham hech bir sababsiz, xalqqa ma’lum qilinishi kerak bo‘lgan tartiblar tushuntirilmay shartnomalar nima uchundir to‘xtatilgan.

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati bilan bog‘landi.

– «GM Uzbekistan» zavodi avtomobillarining narxi o‘zgargani yo‘q. 30 iyul kuni Xalqaro press-klubda muhokama qilingan avtomobil narxlari masalasi hozirda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama, narx oshishining ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olgan holda o‘rganib chiqilmoqda. Narxlar oshishi kutilmoqda, shuning uchun aniq narx-navolar belgilanmagani sabab mijozlar bilan shartnomalar tuzish hozircha to‘xtatilgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxlari bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlar va avtomobillar narxi bo‘yicha prays-list ishonchli emasligi aytilgan.

Avtomobillarning rusumlariga ko‘ra narx belgilash jarayoni ko‘rib chiqilmoqda. Yaqin kunlarda narxlar borasida aniq ma’lumotlar taqdim etilishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “O‘zavtosanoat”: Avtosalonlarda nima uchun shartnoma berilmayapti?