11:24 / 21.02.2015
8 330

Volvo kompaniyasi avtopilotli avtomobil yaratdi

Volvo kompaniyasi avtopilotli avtomobil yaratdi

Shvesiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Volvo kompaniyasi avtopilotli mashinalarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha texnologiyalar zarur holatga keltirilganini ma’lum qildi, deb yozadi «Vestifinance.ru».

Kompaniya rasmiy bayonotida aytilishicha, muhandislar «ishlab chiqarilish uchun tayyor mustaqil harakatlanadigan modul»ni yaratgan. U ma’lumotlarga ishlov beradigan bulutli tizimga ega ko‘p miqdordagi sensorlardan foydalanadi. Bundan tashqari, mashina ko‘plab datchiklar bilan jihozlanadi.

Sensorlardan olinadigan barcha ma’lumotlar hisoblash markaziga jo‘natiladi hamda doimiy ravishda GPS signallari va uch o‘lchamli xarita ma’lumotlari bilan qiyoslanadi. Bulutli tizim ushbu ma’lumotlarning barchasini yo‘l harakatini boshqarish punktlariga jo‘natadi. Natijada mashinaga tirbandliklar haqida ma’lumotlat kelib tushadi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volvo kompaniyasi avtopilotli avtomobil yaratdi