Rossiyada Ravon 2 narxi ko‘tariladi

  • 19 sentyabr 2016, 23:14
  • 6 524
  • Avto
  • Rossiyada Ravon 2 narxi ko‘tariladi

    O‘zbekistonning Rossiya va boshqa mamlakatlarga eksport qilinayotgan Ravon 2 hetchbeklari narxi yaqin orada oshadi. Rossiyadagi nashrlar xabarlariga ko‘ra, rossiyalik xaridorlar uchun bu avtomobillarning narxlariga o‘rtacha 20 ming rubldan qo‘shiladi, deyiladi "Kun" xabarida.

    Ikkita xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan bazaviy modifikasiyadagi avtomobilning narxi 409 ming rubl bo‘ladi (avvalgi 390 ming o‘rniga). Top komplektasiyaning narxi esa 509 ming rublga teng bo‘ladi.

    Shuni ham aytish joizki, avtomobil bozori ekspertlari narxlar oshishiga qaramasdan savdo hajmi tushib ketmasligiga ishonch bildirishmoqda.

    Ravon brendi GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Rossiyada o‘tgan yilning kuzida taqdim etilgandi. Shundan so‘ng rossiyalik xaridorlarga Ravon2, Ravon Nexia, Ravon Gentra va Ravon Matiz modellari sotilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Mazkur brend Rossiyada ommabop bo‘lgan, lekin eskirib qolgan Matiz va Nexia hamda Rossiya bozorini tark etgan Chevrolet avtomobillari o‘rnini egallashi ko‘zda tutilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyada Ravon 2 narxi ko‘tariladi