17 396
615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi
Toshkentda O‘zbekiston Adliya vazirligi Sud departamenti tomonidan xatlangan Lamborghini Gallardo avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda «Kim oshdi savdo servis» kompaniyasi saytida berilgan axborotga tayanib "Diydoraziz" nashri xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, avtomobil Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 20 iyuldagi hukmi asosida berilgan 2-285-30M-14-sonli ijro varaqasiga asosan kimoshdi savdosiga qo‘yilmoqda.
22 sentyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 42-uyda o‘tkaziladigan ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan 2004 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning rangi olcha (qizil), boshlang‘ich bahosi — 615 583 497 so‘m.
Kimoshdi savdosida qatnashish istagida bo‘lganlar 61 558 349 so‘m 70 tiyin miqdorida zakalat pulini to‘lashlari lozim.
Avvalroq boshlang‘ich narxi 615 million so‘mga baholangan Lamborghini Gallardo Andijonda savdoga qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Gallardo Lamborghini kompaniyasi tomonidan 2003—2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, uning eng arzon modeli narxi 160 ming dollardan boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi