Jahonda o‘ziyurar texnikalarning o‘nlab turi ishlab chiqarilyapti. Haydovchisiz avtomobillar esa tinch ko‘chalarni kezib yuribdi. Ularni to‘la ma’noda haydovchisiz deb bo‘ladimi? Yo‘q, chunki tegishli vaqtda boshqaruvni qo‘liga olishi uchun barchasida haydovchi o‘rindig‘i hamda rul, tepki, ulash tugmalari kabi boshqaruv elementlari joylashgan. Bu jo‘yali qaror, axir, bir gap bo‘lsa, mashina darhol haydovchi izmiga bo‘ysunadi, deb yozmoqda "Carzone" nashri.
Komatsu ishlab chiqargan samosvalda esa boshqaruv uskunalarining birortasi yo‘q. Na rul, na tepkilarni uchratasiz. Haydovchisi bo‘lmagach, kabinaning nima keragi bor?
Kabinasiz samosval Autonomous Haulage Vehicle deb ataladi. Unda 2700 ot kuchi bor. Kabina va haydovchi mashina uchun ortiqcha yuk, undan xalos bo‘lgach mashinaning foydali ish koeffisienti oshadi, shunday emasmi?
Garchi, kabinasiz yuk mashinasi boshsiz odam kabi ko‘rinsa-da, injenerlar uning foydasini tushuntirmoqda. Kabinada o‘tirgan haydovchi orqani ko‘rolmaydi, buning uchun yon oynaga boqib orqani tasavvur qilishi yoki mashinani to‘xtatib tushib qarashi kerak. Ko‘pincha, bortdagi yukni tushirish uchun haydovchi mashinadan tushib mo‘ljal oladi. Butunlay avtomatik rejimda ishlaydigan yapon samosvalida esa bu muammo yo‘q, chunki korpusning turli chekkalaridagi kameralardan orientasiya oladi. Qolaversa, bunday “gurzavoy” to‘rtala g‘ildiragiga yuklanish teng taqsimlanganligi tufayli turg‘unroq bo‘ladi. Muzlamada sirg‘anmaydi.
Autonomous Haulage Vehicle prototipi yaqinda Las-Vegas ko‘rgazmasida namoyish etildi. Komatsuchilar esa tez kunlarda ishlab chiqarishni boshlab yuboradi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi