Google: biz avtomobil emas, balki haydovchi yaratish ustida ishlayapmiz

  • 05 oktyabr 2016, 17:41
  • 4 328
  • Avto
  • Google: biz avtomobil emas, balki haydovchi yaratish ustida ishlayapmiz

    Google kompaniyasi 2009 yildan beri avtonom tarzda harakatlanadigan avtomobillar yaratish ustida ish olib bormoqda. Biroq qidiruv gigantining avtomobillarni ishlab chiqish bo‘linmasi rahbari Dmitriy Dolgovning aytishicha, kompaniya avtomobil emas, balki mukammal haydovchini yaratishni maqsad qilgan. Bu haqda "Carzone.uz" xabar berdi.

    Dolgovning Recode resursiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil haydash ijtimoiy hodisa bo‘lib, ushbu jarayonda mashina nafaqat odam va boshqa buyumlarni aniqlay olishi, balki ular bilan muloqotga kirishishi ham talab etiladi. Shuning uchun kompaniya shunchaki avtomobil emas, shu bilan bir qatorda, odamlar tomonidan bajariladigan tana ishoralariga ham reaksiya qila oladigan to‘laqonli gadjetni ishlab chiqmoqchi.

    Google-Car-View-Approaching-a-Railroad-Crossing-1200x676-768x433

    Mukammal haydovchi deganda, Google istalgan joy va sharoitda harakatlana oladigan mashinalarni nazarda tutgan. Chunki shunchaki avtonom mashina istalgan joyda intellektual tarzda yura olmaydi. Bunday avtomobillar harakat chog‘ida odamlardan farqli tarzda, turli xaritalar, sensorlar, lazer va radarlardan foydalanadi. Atrofida 100 metr radiusda yuz beradigan hodisalarni aniqlaydi va ularga munosabat bildiradi (masalan, svetofor chirog‘ini aniqlashda). Bundan tashqari, bu kabi aqlli avtomobillar bulut xotirasi orqali bir-biri bilan kommunikasiyaga kirishadi va kundan-kunga rivojlanib boradi. Dolgovning ta’kidlashicha, Google mutaxassislari avtomobil dasturiy ta’minotini umuman kiberhujumlarga uchramaydigan darajada xavfsiz etib ishlab chiqadilar. Kelajakda bunday aqlli avtomobillar barchaga turli yo‘nalishlarda xizmat qilishi rejalashtirilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Google: biz avtomobil emas, balki haydovchi yaratish ustida ishlayapmiz