Kelasi yilda Amerika harbiylari hozircha yagona nusxada yasalgan Chevrolet Colorado ZH2 vodorodli pikapini sinab ko‘radi. Bu haqda "Carzone.uz" xabar bermoqda.
Mashina Chevrolet Colorado pikapining tubdan qayta ishlangan nusxasidir. Qayta ishlash jarayonida mashinaning motori o‘zgargan, g‘ildiraklar bazasi kengaygan, kuzovi mustahkamlashgan.
Avtomobil harbiylarga atalgani uchunmi, texnik tafsiloti aytilmadi. Biroq General Motors buyurtmachilar talabiga muvofiq o‘tuvchanligi yuqori, zarurat tug‘ilganda avtonom boshqariladigan, o‘zini sezdirmaydigan avtomobil tayyorlaganligi ma’lum.
Konseptual pikap g‘ildiraklariga 37 dyuymli yo‘ltanlamas shina kiygazilgan va sportcha o‘rindiqlar o‘rnatilgan. TARDEC (Tank Automotive Research, Development & Engineering) tadqiqot markazi direktori Pol Rojers “Yonilg‘i elementiga yuradigan avtomobillar armiyada qiziqish uyg‘otadi, chunki ular yangi imkoniyatlarni yaratadi. Bunday mashinaning aylantirish momenti yuqoriroq, tejamkor va shovqinsiz yuradi”, deydi.
Ammo vodorodli avtomobilning narxi qimmat bo‘lishi tayin. Shuning uchun Chevrolet Colorado ZH2 sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganda ham AQShlik harbiylar uchun yoppasiga ishlab chiqariladi, deb aytish qiyin. Vodorodmobil maxsus xizmatlarni ado etuvchi bo‘linmalarga qo‘l keladi, shuning uchun ularga ozroq partiyada ishlab chiqarilishi mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi