Xalqaro sanoat yarmarkasida «O‘zavtosanoat» korxonalari qatnashadi

  • 13 oktyabr 2016, 13:13
  • 4 849
  • Avto
  • Xalqaro sanoat yarmarkasida «O‘zavtosanoat» korxonalari qatnashadi

    Toshkent shahrida 24-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasida «O‘zavtosanoat» AK tarkibidagi 33ta korxona ishtirok etadi, deb "Carzone" xabar bermoqda.

    Xabarda bildirilishicha, ko‘rgazmada ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 270 turdagi mahsulotlar va 640 turdagi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun taklif etilayotgan import mahsulotlar taqdim etiladi.

    IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi davomida «O‘zavtosanoat» AK ekspertlari avtomobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2,3 trln. so‘mga baholashgandi. Engil avtomobil 7 mingdan ortiq detaldan tashkil topishi qayd qilingan.

    Bugungi kunda o‘zbek avtomobil sanoatini «O‘zavtosanoat» AK tarkibidagi 20ta, 160ta kichik va o‘rta korxonalar hamda dunyoning 20ta davlatidan 120 etkazib beruvchilar butlovchi qismlar bilan ta’minlamoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xalqaro sanoat yarmarkasida «O‘zavtosanoat» korxonalari qatnashadi