14:18 / 16.10.2016
7 915

BMW 2017 5 Series — Apple CarPlay o‘rnatilgan ilk avtomobil seriyasi

BMW 2017 5 Series — Apple CarPlay o‘rnatilgan ilk avtomobil seriyasi

iOS platformasi uslubida ishlangan va avtomobillarga mo‘ljallangan Apple CarPlay tizimi o‘tgan yili iOS 9 taqdimotida e’lon qilingan edi. Biroq shu paytgacha ushbu tizim birorta avtomobilga o‘rnatilmadi. Bundan ikki kun oldin namoyish etilgan BMW 2017 5 Series avtomobili simsiz Apple CarPlay tizimi o‘rnatilgan ilk avtomobil nomini oldi. Bundan buyon mazkur tizim o‘rnatilgan avtomobillarda Apple qurilmalarini platformaga USB orqali ulash talab etilmaydi. Ikkala tizim avtomatik tarzda o‘zaro simsiz integrasiyalashadi.

Carzone saytining yozishicha, Germaniyaning BMW konserni birinchi bo‘lib simsiz Apple CarPlay tizimini o‘zining yangi seriyadagi avtomobillariga qo‘llashni boshlagan. Mazkur tizim orqali haydovchilar turli media funksiyalarini boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

Hozircha Apple CarPlay tizimining avtomobillarda bu qadar kech paydo bo‘lishi yuzasidan tushuntirish berilmagan. Tizim BMW 2017 5 Series turkumidagi barcha avtomobillarga tatbiq etilishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BMW 2017 5 Series — Apple CarPlay o‘rnatilgan ilk avtomobil seriyasi