Rossiya avtomobilsozlik konserni 17 oktyabrdan boshlab to‘rt kunlik ish tartibiga o‘tishini matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Bugundan boshlab korxonada to‘rt kunlik ish rejimi joriy etiladi. Bu 2017 yilning 19 fevraligacha davom etadi. Lada Largus, Lada Xray va Renault-Nissan alyansining avtomobillarini ishlab chiqaruvchi B0 liniyasida besh kunlik rejim saqlanib qoladi”, deb yozilgan matbuot markazining xabarida. “AvtoVAZ” guruhiga kiruvchi Ijevsk avtozavodida ham besh kunlik ish tartibi saqlanib qoldi, deyiladi Carzone.uz nashri xabarida.
“AvtoVAZ” bir yil ichida to‘rt kunlik ish rejimiga ikkinchi marotaba o‘tishi. Shu yilning 15 fevralida to‘rt kunlik ish rejimi yarim yil muddatga joriy qilingan. Tabiiyki, to‘rt kun ishlagan xodimning maoshi taxminan 20 foizga qisqaradi. Biroq to‘rt ish kuniga o‘tish og‘ir iqtisodiy sharoitda ish o‘rinlarini saqlab qolishning chorasidir. Qoidaga ko‘ra ish kunlari qisqartirilganda ishchi-xizmatchilarni yoppasiga bo‘shatilmaydi.
Sentyabr oyida zavodning ishlab chiqarish liniyalari bir necha kun bekor turib qoldi. Lada 4x4ni haftada ikki kun, Lada Priorani uch kun, Lada Kalina va Grantani to‘rt kun yig‘ishdi. Bu hol avtomobillarga talab kamayib ketgani bilan izohlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi