Mirobod tumanida tunda Kaptiva yonib ketdi

  • 20 oktyabr 2016, 09:14
  • 8 256
  • Avto
  • Mirobod tumanida tunda Kaptiva yonib ketdi

    Poytaxtning Mirobod tumanida kecha, seshanba kuni tungi soat 2 lar atrofida “Kaptiva” avtomobili yonib ketgan. Holat nima sababdan yuz bergani borasidagi taxminlardan biri – atayin o‘t qo‘yish, deb baholanmoqda. Bu haqda Nuz.uz xabar berdi.

    Hodisa Mirobod bozori yaqinidagi aholi turar-joy hududi ichida ro‘y bergan. Yonayotgan avtomobilning fotosurat va videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, avtomobil yaqin atrofdagi ko‘pqavatli uylardan birida istiqomat qiluvchi ayolga tegishli bo‘lib, mashina uyining oynasi tagida turgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ichidan yongan – olov hattoki salondan tashqariga ham chiqqan. O‘t o‘chirish xizmati va yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining voqea joyiga 10 daqiqa ichida etib kelishlari sabab yong‘in tezda bartaraf etildi, yaqin atrofdagi mashinalar esa xavfsiz masofaga olib o‘tildi.

    Taxminlardan biri – avtomobilning elektr simlar tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, atayin o‘t qo‘yish taxmini ham bor.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mirobod tumanida tunda Kaptiva yonib ketdi