Estoniyaning Velonia kompaniyasi yangi Viks velosipedini yaratdi, uning dizayni Lamborghini superkarlari obrazlaridan ilhomlanib ishlangan. Luxurylaunches’ning xabar qilishicha, konstruktorlarning bunday transport vositasini yaratishlari uchun taxminan 3 yil vaqt sarflandi. Har bir velosiped qo‘lda yig‘iladi.
Velosipedning qimmatbaho ramasi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan va sariq “giallo midas” rangiga bo‘yalgan. Viks modelining yaqin orada sotuvga chiqishi kutilmoqda. Velosipedning narxi hozircha noma’lum.
2016 yilning iyun oyida La Strana Officina firmasi Cellini Uomo lyuks velosipedini yaratgandi. Uni ishlab chiqarishda 999 sinovli oltin qo‘llangan. Rulning bir qismi va pedallar qimmatbaho metall qatlami bilan qoplangan. Rulning chap qismiga esa ilon terisiga monand ishlov berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi