O‘zbekiston avtomobilsozlari 2016 yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zi uchun yangi bozorlar — BAA, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali, Nigeriyaga yengil avtomobillar eksport qildi. Bu haqda Carzone.uz yozmoqda.
Bundan boshqa yana qaysi mamlakatlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksport qilingani haqida aniq axborot yo‘q. Shuningdek, nomlari zikr etilgan mamlakatlarning har biriga qancha avtomobil etkazib berilgani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan. Eksport qilingan avtomobillar rusumi ham ma’lum emas.
2016 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan hukumat hisobotida, O‘zbekiston BAAdan tashqari Janubiy Afrika Respublikasiga ham yengil avtomobillar eksport qilishni yo‘lga qo‘ygani haqida ma’lumot berilgan edi.
Rossiyada o‘zbek avtomobillariga nisbatan talab keskin tushib ketgani sabab, “O‘zavtosanoat” davlat kompaniyasi o‘zi uchun yangi bozorlar izlamoqda. Jumladan, 2015 yilda kompaniya Dubayda Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari vakillari uchun O‘zbekiston avtomobillari taqdimotini o‘tkazgan.
Bundan tashqari, shu yili JAR, Misr, Gabon, Angola, Kot-d’Ivuar, Kabo-Verde, Madagaskar va Ganaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar sinov tariqasida etkazib berilgan. 2016 yil boshida esa o‘zbek avtomobillarini Iroq, Liviya, Livan, Iordaniya, Tunis va Nigeriyaga etkazib berish imkoniyatlari o‘rganib chiqilayotgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi