23:18 / 28.10.2016
6 864

Volkswagen milliardlab dollar tovon to‘laydi

Volkswagen milliardlab dollar tovon to‘laydi

Amerika federal sudi nemis avtokonserni to‘laydigan tovon puli miqdorini tasdiqladi. Volkswagen 14,7 mlrd dollar to‘lash orqali “Dizelgeyt” zararini qoplaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz: “Folksvagen” bort elektronikasining boshqaruv blokiga ichki yonuv dvigateli chiqaradigan tutun zararlilik miqdorini kamaytirib ko‘rsatuvchi dastur o‘rnatgan edi. Oqibatda dizelli avtomobillar AQShda belgilangan miqdordan 40 marta ortiq zararli gaz chiqarib havoni ifloslantirgan.

Reuters agentligi bildirishiga qaraganda, San-Fransiskodagi Federal sud avval tayyorlangan bitimni nihoyat tasdiqladi. Unga ko‘ra amerikaliklarga sotilgan avtomobillarni qaytib olish va tovon to‘lash (har biriga 5100dan 10000 dollargacha) uchun 10 mlrd dollar talab etiladi. Undan tashqari turli ekologik loyihalarga 4,7 mlrd dollar o‘tkaziladi.

Nemis konserni noyabrdan dastlabki to‘lovni boshlaydi. Sudya tovon puli miqdorini “munosib va adolatli” deb ta’rifladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volkswagen milliardlab dollar tovon to‘laydi