31 oktyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi orqali dahshatli avtohalokat oqibati aks etgan fotosuratlar tarqaldi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.
Guvohlarning aytishicha, halokat 28 oktyabr kuni tongda “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar majmasi oldida yuz bergan.
Ma’lumotlarga qaraganda, yo‘l transport hodisasi “Gazel” yuk tashuvchi mashinasi va “Mercedes-Benz” rusumli avtomobillar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ular bir-biri bilan yon tomondan to‘qnashib ketgan. Fotosuratlarga e’tibor berilsa, “Mercedes” mashinasi umuman tanib bo‘lmas holga kelib, go‘yo temir-tersak chiqindisiga aylangan. Bu holdan mashina tezligi yuqori darajada bo‘lganini taxmin qilish qiyin emas.
Xabarlarga qaraganda, yengil mashinadagi yo‘lovchilar, haydovchi va yana bir qiz voqea joyida halok bo‘lgan.
Xozircha tegishli idoralar tomonidan bu vazyait yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Yuqorida keltirilgan fikrlar esa guvohlarning so‘zlari ekanini ta’kidlab o‘tish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi