12:23 / 22.11.2016
6 460

Xitoyning Baidu kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarni ko‘chada sinab ko‘rdi

Xitoyning Baidu kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarni ko‘chada sinab ko‘rdi

Internet qidiruv saytiga ega Baidu Xitoy kompaniyasi o‘zi boshqariluvchi avtomobil yaratish yo‘lida jadal harakat qilmoqda. Yaqinda kompaniya katta yo‘lda bir nechta avtomobilni sinadi. Sinalgan avtonom mashinalarning hammasi “Baydu”ga emas, BYD, Chery va BAIC kompaniyalariga ham tegishlidir. O‘tgan seshanba kuni Xitoyning Vujen turistik shaharchasida o‘tkazilgan ochiq sinovda xohlovchilar yo‘lovchi sifatida qatnashishi mumkinligi e’lon qilindi. Shu zaylda 200tacha ko‘ngilli kishi haydovchisiz mashinaga o‘tirib 3 kmli yo‘lni bosib o‘tdi.

Haydovchisiz avtomobillarga Velodyne LiDAR avtonom boshqaruv tizimi o‘rnatilgan. Bir qancha videokameralar, qisqa to‘lqinli radar, qabul qiligan ma’lumotga ishlov beruvchi kompyuter tizimi bor. Avtomobil yo‘l chiziqlariga amal qiladi, mustaqil tarzda polosadan polosaga o‘tadi, chorrahada to‘xtaydi, qayrila oladi. Mahalliy qonunchilikdan kelib chiqib eng yuqori tezligi 60 km/soat etib belgilandi.

Har ehtimolga qarshi mashina rulida navbatchi haydovchi o‘tirdi. Ammo ular rulga tekkani yo‘q, yo‘l ma’lumotlari aks etuvchi salondagi displeyni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘ldi.

Baidu kompaniyasi birinchi tijoriy avtonom avtomobilni 2018 yilda ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 2021 yildan esa ularni yalpi ishlab chiqarishga o‘tmoqchi. Baidu haydovchisiz mashina yaratishga 2015 yilning dekabridan kirishganini e’tiborga olsak anchagina muvaffaqiyatga erishib qo‘yganining guvohi bo‘lamiz. Qolaversa, Baidu AQShning Kaliforniyasida ham o‘z texnologiyasini sinamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyning Baidu kompaniyasi haydovchisiz avtomobillarni ko‘chada sinab ko‘rdi