11:14 / 17.12.2016
7 066

Uber San-Fransiskoda haydovchisiz taksi servisini tugatishdan bosh tortdi

Uber San-Fransiskoda haydovchisiz taksi servisini tugatishdan bosh tortdi

Uber kompaniyasi AQShning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrida hukumatning noroziligiga va unda tegishli ruxsatnoma yo‘qligi haqidagi da’volariga qaramay, avtopilot bilan boshqariladigan taksilarni onlayn tarzda buyurtma qilish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etishda davom etadi. Bu haqda Uber vakili Entoni Levandovski ma’lum qildi, deb yozadi «Daryo».

Uber haydovchisiz taksi servisini San-Fransiskoda 14 dekabr, chorshanba kuni ishga tushirdi. Kaliforniya rahbarlari kompaniyada avtonom transport vositasining shtat yo‘llari bo‘ylab qatnashi uchun huquq beruvchi zarur ruxsatnoma bo‘lmagani uchun, u qonunni buzayotganini ma’lum qildi. Uber’dagilar esa ularning haydovchisiz taksilarini to‘liq avtonom deb hisoblab bo‘lmasligini, chunki ularda xavfsizlik maqsadlarida haydovchi o‘tirishi va har qanday lahzada boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

16 dekabr kuni Uber haydovchisiz taksi servisini tugatishdan bosh tortgach, Kaliforniya prokuraturasi vakillari kompaniyani ishni tinch yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasa, u sudga oshirilishi bilan tahdid qildi va kompaniyaga «kelasi hafta boshigacha» muddat berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Uber San-Fransiskoda haydovchisiz taksi servisini tugatishdan bosh tortdi