BMW golografik uskunalar paneli konseptini namoyish qildi

  • 19 dekabr 2016, 14:06
  • 4 681
  • Avto
  • BMW golografik uskunalar paneli konseptini namoyish qildi

    Yangi texnologiya nomi HoloActive Touch. Unda gologramma hosil qilish uchun ko‘zgular tizimi qo‘llanadi. Imo-ishoralarni kameralar qayd qiladi va shu yo‘l bilan turli sozlashlar amalga oshiriladi. Gologramma bilan ta’sirlashuv uchun unga tegish kifoya, bunda tovushli signal beradi.

    HoloActive Touch tizimi “BMV”ning ettinchi seriyasi va AirTouch konseptida mavjud bo‘lgan Gesture Control tizimining takomillashtirilgan variantidir. Texnologiya uskunalar panelida proeksion ekran (sensorning analogi) yuzaga keltirishga asoslangan. Sensor ekrandan farqli ravishda proeksion ekranga tegishning hojati yo‘q. Haydovchidan tashqari yo‘lovchilar ham undan foydalana oladi.

    O‘tgan yilning avgustida fransuzlarning Valeo kompaniyasi shunga o‘xshash tizimni ko‘rsatgan. Uning uskunalar paneli ko‘p funksiyali ekran ko‘rinishida bo‘lib, mashina avtopilot rejimida harakatlanganda tezlik va boshqa ma’lumotlarni aks ettiradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » BMW golografik uskunalar paneli konseptini namoyish qildi