Audi kompaniyasi BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan raqobatlashadigan Q8 konsept-karini Detroyt avtosalonida namoyish etadi. Yangi modelning dizayn-sketchlari kompaniya shef-dizayneri Mark Lixtedan intervyu olgan, deb yozmoqda Daryo.uz sayti.
Lixte Q8 haqida hech qanday batafsil axborot bermagan, xususan, model qachondan boshlab seriyali tarzda ishlab chiqarilishiga ham aniqlik kiritmagan. Ayni vaqtda, krossover suratlarining birida old bamperda e-tron yozuvi aks etgan. Bu avtomobil elektromotor bilan ta’minlanishidan darak bo‘lishi mumkin.
Lixtening qo‘shimcha qilishicha, 2017 yil yozida taqdim etilishi kutilayotgan yangi avlod Audi A8 sedani avtomobilning ba’zi funksiyalarini boshqarish bilan bog‘liq «mutlaqo yangi konsepsiya» bilan ta’minlanadi. Keyinchalik bu echimlardan kompaniyaning boshqa modellarida ham foydalaniladi.
Audi kompaniyasi rahbariyati Q8 yo‘ltanlamasi ishlab chiqilishini 2014 yili ma’qullagan edi. O‘shanda model Porsche Cayenne, Audi Q7 va Bentley Bentayga’ga asos bo‘lgan MLB-Evo platformasida qurilishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Q8’ning Tesla Model X bilan raqobatga kiradigan to‘liq elektr versiyasi ham bo‘lishi bildirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi