Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi

  • 16 aprel 2015, 17:17
  • 11 022
  • Avto
  • Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi

    Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi avtobus shoxbekatida 16 aprel, payshanba kuni ikki avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

    12news.uz’ning YTH guvohlarining so‘zlariga asoslanib xabar berishicha, avariya tong soat 7:33da sodir bo‘lgan.

    “50-avtobus qayrilayotganida, 88-avtobus kelib uni yon tomondan urdi. 50-avtobus haydovchisi boshidan jiddiy jarohat olib, shikastlandi, Mercedes rusumidagi 88-avtobus haydovchisi oyog‘idan yengil jarohat oldi”, – dedi hodisa guvohi.

    Qayd etishlaricha, Isuzu rusumidagi 50-avtobus haydovchisi xushidan ketgan va “qo‘rqinchli darajada talvasaga tushib qolgan”. Unga imkoni boricha dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasalxonaga jo‘natilgan.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda ikki avtobus ishtirokida avariya yuz berdi