«Mersedes» Nyurburgringga yangi poyga uchun mo‘ljallangan superkarini olib chiqdi

  • 16 aprel 2015, 17:46
  • 6 755
  • Avto
  • «Mersedes» Nyurburgringga yangi poyga uchun mo‘ljallangan superkarini olib chiqdi

    Mercedes-Benz kompaniyasi mart oyida Jeneva avtosalonida namoyish qilingan AMG GT superkarining poyga uchun mo‘ljallangan nusxasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Nyurburgringning (Germaniyadagi Nyurburg qishlog‘i yonida joylashgan poyga trassasi) “Shimoliy halqasi”da kupening harakatlanishi tasvirlangan birinchi rolik YouTube’da namoyish qilindi.

    Yangi mashina takomillashgan 6,3 litr hajmga ega, 8 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelning quvvati haqida ma’lumot berilmagan. “Mersedes”ning avvalgi SLS AMG GT3 poyga mashinasida 550 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan edi. Superkarning sinov ishlari 2015 yilning oxiriga qadar davom etadi, 2016 yilda esa ushbu superkar FIA GT3 chempionatida ilk bor ishtirok etadi.

    Nemis mutaxassislari poyga avtomobili negizida uning oddiy yo‘l uchun mo‘ljallangan versiyasini ishlab chiqishni rejalashtirishmoqda. Bu mashina oddiy AMG GT ga o‘rnatiladigan 4-litrli V8 tvin-turbo motori bilan jihozlanadi. Taxmin qilinishicha, “superkar”ning eng ekstremal varianti uchun bu dvigatel 510 dan 550 ot kuchigacha quvvat erishishi mumkin bo‘ladi.

    Avtomobil konstruksiyasida qo‘shimcha kompozit materiallardan foydalanish evaziga kupening og‘irligi 80-100 kilogrammga, ya’ni 1470 kilogrammgacha yengillashadi. Superkar 100 km tezlikka 3,6 soniyada erishishi, uning maksimal tezligi esa soatiga 310 km ga etishi kutilmoqda.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Mersedes» Nyurburgringga yangi poyga uchun mo‘ljallangan superkarini olib chiqdi