Xitoyning Ninbo shahridagi ishlab chiqarish markazida 10 soniyada olgan quvvati bilan besh kilometrgacha harakatlana oladigan elektrobus tayyorlandi. Bu haqda «24.kg»'ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.
Uzunligi 18 metr bo‘lgan elektrobus «Nanche» janubiy lokomotiv ishlab chiqarish korporasiyasining sho‘basi bo‘lmish Chjuchjou elektrovozlar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan.
Yangi elektrobuslar uchun elektr uzatish liniyasi bo‘lishi shart emas, ularning harakatlanishi uchun har bir bekatda tez quvvat beruvchi moslamalarni o‘rnatish kifoya. Yo‘lovchilar tushib-chiqishiga ketadigan 30 soniya ichida akkumlyator quvvat olishga ulguradi va yana besh kilometrgacha yura oladi.
Bunday akkumlyatorni 1 million martadan ko‘proq qayta quvvatlantirish mumkin, elektrobus va akkumlyator 12 yil xizmat ko‘rsata oladi. Shuningdek, akkumlyator elektrobus qo‘zg‘alishi va to‘xtashi vaqtida to‘planadigan energiyaning 80 foizini qayta ishlay oladi, bu elektrni 30—50 foizga tejash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi