Fiat Chrysler Automobiles (FCA) kompaniyasi Google bilan hamkorlikda o‘zining Uconnect nomli axborot tizimini takomillashtirib, Android 7.0 bazasida uning yangi versiyasini yaratish maqsadida, deb xabar bermoqda Terabayt sayti.
Nashrning qayd etishicha, Android platformasida yaratilgan avtomobillarga mo‘ljallangan yangi tizim shu haftada Las-Vegas (AQSh, Nevada) shahrida o‘tkaziladigan CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida omma e’tiboriga havola etiladi.
Uconnect va Android birlashuvi avtomobil uchun smartfonlardagi ilovalar bilan butunlay mos keladigan yangi tizimni yaratishga imkoniyat yaratadi. Misol uchun bularga Google Maps xarita xizmati va Google Assistant yordamchisini kiritish mumkin.
Android 7.0 bazasida yaratilgan ilk avto-tizim Chrysler 300 avtomobiliga o‘rnatilgan 8,4 dyuymli ekranda namoyish etiladi. Bunday hamkorlik ikkala tomon uchun manfaatli: agar bu orqali Fiat mijozlarga eng ilg‘or axborot tizimi bilan quvvatlangan ulovlarni taklif etsa, Google avtomobilsozlik sohasiga yanada chuqurroq kirib boradi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring