Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan iste’mol elektronikasiga bag‘ishlangan CES-2017 ko‘rgazmasiga sun’iy aqlga ega bo‘lgan konsept-kar namunasini olib kelgan. Concept-i prototipiga avtopilot o‘rnatilgan bo‘lib, u o‘z egasi va yo‘lovchilarga moslasha oladi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Yui deb nomlangan tizim sun’iy aqlni birlashtiradi va amalda avtomobilni to‘liq boshqaradi. Masalan, Yui haydovchini taniy oladi hamda salon chiroqlarini uning xohish istagidan kelib chiqqan holda sozlaydi, asosiy yo‘nalishlar xaritasini aks ettiradi. Tizimga, shuningdek, yuz ifodasi va ovozdan kelib chiqqan holda hissiyotlarni aniqlash texnologiyasi ham kiradi.
Salondagi yo‘lovchilar bilan muloqot esa, old oyna uzra joylashtirilgan proeksion displey orqali tovushli xabarlar yoki bevosita qo‘l suyanchig‘idagi harakatlanuvchi yuza vositasida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Yui avtomobilning turli xavfsizlik tizimini nazorat qiladi va talab qilinganda muqobil boshqaruvni ishga tushirishi mumkin.
Toyota Concept-i, shuningdek, o‘z atrofidagi avtomobillar va haydovchilar bilan ham «muloqot» qila oladi. Xususan, avtomobil tashqarisidagi diodli chiroqlar turli ranglarda tovlanishidan uning avtopilot yoki haydovchi tomonidan boshqarilayotganini bilib olish mumkin. Uning orqa tomoniga joylangan displeyda turli matnli xabarlar aks ettiriladi.
Konsept-kar dizayni Kaliforniyadagi Toyota markazida ishlab chiqilgan. Sun’iy aqlni San-Fransiskodagi Toyota Innovation Hub ishlab chiqqan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...