Kanadada qariyb 100 avtomobil ishtirokida ommaviy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. «Daryo»ning yozishicha, hodisa Ontario viloyatidagi 401-trassada yuz bergan.
Internetda hodisa joyidan olingan bir necha video paydo bo‘lgan. Ularning birida boshqaruvni yo‘qotgan yuk mashinasi tirbandlikda turib qolgan avtomobillarga borib urilayotgani aks etgan.
Mahalliy ma’muriyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, shossedan janubroqda joylashgan Ontario ko‘lidan kelgan kuchli qor sababli, yo‘lning bu qismida ko‘rish uzoqligi sezilarli darajada qisqargan.
Ommaviy avariya oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, bir necha kishi kichik tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi