19:31 / 21.04.2015
20 535

Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan to‘qnashib ketdi

Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan to‘qnashib ketdi

Toshkent aeroportida samolyot ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Guruhdagi xabarlarga ilova qilingan fotosuratlarda CIP-toifadagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yirik avtobus, foydalanuvchilar taxminiga ko‘ra, Boeing deb taxmin qilingan samolyot motoriga borib urilgan.

Foydalanuvchilarning yozishicha, katta ehtimol bilan, avtobus haydovchisi motorni o‘chirmay va qo‘l tormozini ko‘tarmay avtobusdan tushgan, avtobus esa o‘zi harakatlanib ketib, samolyotga borib urilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroporti yoki “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hech qanday bayonot yoki izoh berganicha yo‘q. Hodisa natijasida jabrlanganlar bormi-yo‘qmi, noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan to‘qnashib ketdi