20:08 / 03.02.2017
8 659

Xorazmda oddiy avtomobillar elektromobilga aylantirilyaptimi?

Xorazmda oddiy avtomobillar elektromobilga aylantirilyaptimi?

So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Spark avtomobilini o‘zgartirib elektromobilga aylantirayotgan xorazmlik avtousta bilan suhbat tarqaldi. Carzone.uz muxbiri buni aniqlashtirish uchun elektromobilsozlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkor bilan telefon orqali aloqa bog‘lab, ayrim savollarga oydinlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xorazmda ichki yonuv dvigatelli an’anaviy avtomobillardan elektromobillar tayyorlash amaliyoti sinovdan o‘tgan va hozir ayrim namunalar yo‘llarda harakatlanayotibdi. Bu jarayonda avtomobilning ichki yonuv dvigateli olib, o‘rniga elektromotor qo‘yiladi. Mashinani kislotali akkumulyatorlar harakatga keltiradi. Litiy-ionli akkumulyatorlardan foydalanish imkoniyati haqida berilgan savolga, “narx bir oz qimmatlashishi mumkin”, degan javob olindi.

Mahalliy elektromobil to‘la zaryadi bilan 100-120 km yo‘l bosadi. Uni quvvatlash 3-4 soat vaqt talab qiladi hamda 2-3 ming so‘mga tushadi. Nafaqat, Spark, balki boshqa rusumlarni, jumladan, VAZ avtomobillarini ham elektromobilga aylantirishning imkoni bor.

Xorazmlik tadbirkorlar ishni yo‘lga qo‘yib olgach, boshqa viloyatlarda ham o‘z markazlarini ochish rejasi bor.

Oxirgi yillarda jahonda ekologiya masalasi kun tartibidan o‘rin olayotganligi tufayli ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan elektromobillarga o‘tish jarayoni amalga oshmoqda. Mamlakatimizda ham turli sanoat korxonalari va avtomobillar chiqarayotgan gaz-tutun sababli ekologik vaziyat maqtangulik darajada emas. Shu sababli O‘zbekistonda elektromobillarni keng targ‘ib qilish atrof-muhit muhofazasi yo‘lida sezilarli qadam bo‘ladi, deb hisoblash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xorazmda oddiy avtomobillar elektromobilga aylantirilyaptimi?