05:22 / 05.02.2017
6 765

Range Rover’ning birinchi avlodi hayotga qaytarildi

Range Rover’ning birinchi avlodi hayotga qaytarildi

21 yil avval ishlab chiqarishdan olingan Range Rover modeli 1970-yillardagi komplektasiyada chiqariladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Jaguar Land Rover nafaqat 10 ta Range Rover Classic mashinasini restavrasiya qiladi, balki ularni sotuvga qo‘yadi. Uch eshikli, 1978 yildagi komplektasiyadagi, asl ehtiyot qismlar, 132 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatelli Range Rover’ni 135 000 funt sterlingga xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Jaguar Land Rover ustalari tomonidan restavrasiya qilingan ilk Range Rover Parijda 8-12 fevral kunlari o‘tadigan Rétromobile salonida namoyish qilinadi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Range Rover’ning birinchi avlodi hayotga qaytarildi