Uber Technologies Inc. kompaniyasi NASA'ning sobiq muhandisi Mark Murni ishga yolladi - u Uber Elevate "uchar avtomobillari"ni ishlab chiqish bo‘yicha loyihani boshqaradi. Bu haqda "Bloomberg"ga asoslanib "Kun" xabar berdi.
Kompaniyaning vertikal parvoz va qo‘nish texnologiyali transport yaratish rejalari haqida 2016 yilning kuz mavsumida ma’lum qilingandi. Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, ushbu "uchar avtomobillar" 50-100 mil (80,5-161 kilometr) masofani bosib o‘ta oladi. Bunday transport vositalari zaryad stansiyalari bilan jihozlangan maxsus platformalarga asoslanishi kutilmoqda.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, loyihani amalga oshirish borasida bir qator to‘siqlar mavjud. Texnik muammolar echimidan tashqari, kompaniya hamkorlar bilan narxlarni pasaytirishga kelishib olishi hamda havo harakatidagi cheklovlar borasida imtiyozlarga erishishi lozim.
Kosmik agentlikda 30 yil faoliyat yuritgan Mur o‘zining VTOL-transportning ustunliklarini ta’riflovchi tahliliy ma’ruzasi bilan mashhur. 2010 yilda chop etilgan aynan shu tadqiqot Google asoschisi Larri Peyjni 100 million dollardan ziyod mablag‘ni maxfiy ravishda "uchar avtomobillar" ishlab chiqaruvchilari - Zee Aero va Kitty Hawk startaplariga investisiya qilishga turtki bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi