17:32 / 08.02.2017
8 682

YTHda 16 kishining qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘lgan haydovchi qochib ketdi

YTHda 16 kishining qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘lgan haydovchi qochib ketdi

5 fevral, yakshanba kuni, Gondurasda ayanchli yo‘l transport hodisasi yuz bergan. “Euronews”ga tayanib Qalampir.uz yozishicha, poytaxt Tegusigalpa shahridan o‘n kilometr uzoqdagi yo‘lda avtobus va sisternali avtomobil to‘qnashib ketgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘lgan, 34 nafar odam jarohatlangan.

Dastlabki taxminlarga qaraganda, falokat yuk mashinasi haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan. Buning oqibatida yuk avtomobili qarama-qarshi tarafdan kelayotgan sariq rangdagi avtobusni urib yuborgan. Hodisadan so‘ng yuk avtomobili haydovchisi qochib ketgan.

Milliy Transport boshqarmasining vakili Migel Osorioning ma’lumotiga ko‘ra, tergovchilar voqea joyida halokat izlarini o‘rganishmoqda va tez orada yakuniy bayonot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » YTHda 16 kishining qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘lgan haydovchi qochib ketdi