18:41 / 17.02.2017
9 665

O‘zbekiston Rossiyada muddati tugagan avtomobillarni qayta ishlamoqchi

O‘zbekiston Rossiyada muddati tugagan avtomobillarni qayta ishlamoqchi

O‘zbekiston hukumati avtomobillarni import qilishda olinadigan utilizasiya yig‘imini bekor qilish evaziga o‘zbek avtomobillarini utilizasiya qiluvchi korxona qurishni taklif qildi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Rossiyada yangi va foydalanilgan transport vositalari uchun utilizasiya yig‘imi undirish 2012 yil 1 sentyabrdan joriy etilgan. Yig‘imning joriy etilishiga Rossiyaning JSTga kirishi va transport vositalari uchun import yig‘imi 30%dan 25%ga tushirilishi sabab bo‘lgan.

"O‘zbekiston Rossiya hududida o‘z hisobidan avtomobillarni utilizasiya qiluvchi korxona qurish evaziga avtomobillarni Rossiyaga import qilishda to‘lanadigan utilizasiya yig‘imini bekor qilishni taklif etdi", — dedi agentlik manbasi.

Uning aytishicha, mazkur tashabbus O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Toshkentda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida muhokama qilindi.

"Tomonlar hozirda ushbu taklifni o‘rganishmoqda, xususan, utilizasiya korxonasini joylashtirish uchun maydon ajratish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda", — dedi manba.

Utilizasiya — xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan yoki nuqsonli mahsulotlarni qayta ishlash, qayta foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishda uning utilizasiya qilinish darajasi ham ko‘rib chiqiladi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi chiqindilar va ishlab chiqarilgan mahsulot foydalanish muddati tugaganidan so‘ng utilizasiya qilinadi.

Ilgariroq O‘zbekiston Rossiyadan shuningdek, o‘zbek distribyutorlariga utilizasiya yig‘imlarini to‘lashni kechiktirishni, to‘lovni avtomobil xaridorga sotilganidan so‘ng yoki bojxona ko‘rigidan o‘tganidan so‘ng 90 kun davomida to‘lash imkoniyatini berishni so‘ragandi.

O‘zbekiston tomonining bildirishicha, avtomobillar uchun utilizasiya yig‘imining joriy etilishi o‘zbek avtomobillarining qimmatlashiga va mahsulotning Rossiya bozoriga kirishi sharoitlari yomonlashishiga olib kelgan.

Evropa biznesi avtoishlabchiqaruvchilar assosiasiyasi qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, 2016 yilda GM Uzbekistanning Rossiyadagi savdo hajmi 1,96 baravarga —10385 dona avtomobilga tushib ketgan. Utilizasiya yig‘imi joriy etilgan 2012 yildan buyon GM Uzbekistanning Rossiya bozoridagi savdo hajmi deyarli 8,5 baravarga kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston Rossiyada muddati tugagan avtomobillarni qayta ishlamoqchi