08:30 / 27.02.2017
8 540

Ukrainada yangi Ravon R4 sotuvi boshlandi

Ukrainada yangi Ravon R4 sotuvi boshlandi

Yaqinda GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainada Ravon brendining modellar qatorini ko‘paytirgani va R4 modelini seriyali ishlab chiqish yo‘lga qo‘yganini e’lon qilgan edi. Endi yangi arzon toifadagi sedan Ukrainada ham sotilishi ma’lum bo‘ldi.

Ravon brendining Ukrainadagi rasmiy dileri «Ukr-UzAvto» kompaniyasi Ravon R4 modellarining 2017 yil mart oyidan sotish boshlanishini e’lon qildi. Hozirda, Ravon brendining rasmiy dilerlarida ushbu avtomobilga buyurtma berish mumkin.

Ravon R4 – bu B-High tasnifidagi sedan bo‘lib, raqobatchilari orasida arzonligi va to‘plamlarining kengligi hamda texnik imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Eslatib o‘tamiz, Ravon R4 Chevrolet Cobalt negizida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ham vaqt sinovidan o‘tgan General Motors texnologiyalari qo‘llanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ukrainada yangi Ravon R4 sotuvi boshlandi