11:46 / 28.02.2017
8 137

Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi

28 fevral kuni Toshkentning O‘zgarish dahasida Mercedes-Benz rusumli avtobus yonib ketdi. Bu haqda Facebook‘dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.

Postga ilova qilingan surat avtobusdan ancha orqada turib olingan bo‘lib, unda jamoat transporti vositasidan quyuq tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin. «Navbatdagi avtobus yonmoqda», — deyiladi postda.

Izohlarda foydalanuvchilarning voqeaga nisbatan taajjub va norozilik to‘la fikrlarini o‘qish mumkin.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar, shuningdek, avtobus qay darajada zarar ko‘rgani haqida ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda yana bir avtobus yonib ketdi