“Avtotest” avtomaktabi haydovchisi yana qoidani buzdi

  • 01 mart 2017, 18:00
  • 4 009
  • Avto
  • “Avtotest” avtomaktabi haydovchisi yana qoidani buzdi

    “AVTOTEST REPORT” MChJga tegishli “AVTOTEST” avtomaktabi 2012 yildan buyon yosh o‘rganuvchilarga qulay va interfaol uslubda haydovchilik bilimlarini o‘rgatib kelayotgani ko‘pchilikka ma’lum.

    Ayni paytda markazda haydovchilik sirlarini o‘rganish narxi uch million so‘mga etib qoldi, boz ustiga, rahbariyat ta’lim davomiyligini bir oyga qisqartirib, 2 oy 10 kun etib belgiladi. Xizmatlarni yangicha uslublar, shinam xonalarda tashkil etgan mutasaddilar sifat darajasini ushlab qola oldimi?

    Bu savolga javob berishga shoshilmang. Boisi, suratdagi Cobalt rusumli avtomobil (davlat raqamini aniqlab bo‘lmayapti) “AVTOTEST”ga qarashli ekanini, uning “libosidan” bilib olish qiyin emas. Toshkent shahridagi Afrosiyob hamda O‘zbekiston shohko‘chalari kesishgan chorrahada paydo bo‘lgan avtoulov yo‘l harakati qoidalarini buzib turganini ko‘ramiz. Agar bu qoidani boshqa kimdir buzsa, balki e’tibor qaratmas edik. Lekin ustoz adashsa, yana minglab shunaqa savodsiz, layoqatsiz haydovchilar paydo bo‘ladi, deb yozadi “Qalampir” nashri.

    Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan mazkur xabar ko‘plab foydalanuvchilar o‘rtasida muhokamalar avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Kimdir bu holatda murabbiyni ayblab, tormoz pedalini vaqtida bosishi kerakligini ta’kidlasa, yana kimdir bunday holat avtomobil boshqarishni o‘rganayotgan har qanday haydovchining boshidan o‘tishi mumkinligini aytmoqda.

    O‘ylaymizki, bu holat “AVTOTEST” ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqiladi. Zero, sifatli bilim berish, ayni vaqtda barcha narsadan ustun turadi.

    Ma’lumot uchun, bundan avval ham “AVTOTEST” avtomaktabi o‘quv mashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi Toshkent shahrining Sharof Rashidov va Navoiy shohko‘chalari tutashgan chorrahada yo‘l qoidasini buzib, piyodalar o‘tish yo‘lagi ustida to‘xtatagani haqida xabar bergan edik.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Avtotest” avtomaktabi haydovchisi yana qoidani buzdi