08:29 / 07.03.2017
6 064

Xitoyda Tesla mashinalari quvvatlanish vaqtida yonib ketdi

Xitoyda Tesla mashinalari quvvatlanish vaqtida yonib ketdi

Shanxayda Tesla kompaniyasining ikkita elektromobili Supercharger quvvatlash stansiyasi hududida yonib ketdi, deb yozadi Kun nashri.

Kompaniyada ushbu hodisa yuzasidan ma’lumotlarga ega ekanliklari tasdiqlandi va yong‘in bo‘yicha tergov olib borilayotgani ma’lum qilingan. Yong‘in vaqtida hech kim jabrlanmagan va barchasi ikkita elektromobilning shikastlanishi bilan yakunlangan.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in Tesla Model S P85 modelida yuzaga kelgan. Yong‘in uning yonida turgan boshqa elektromobilni ham shikastlagan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, yonib ketgan Model S zaryad stansiyasiga ulanmagan bo‘lgan. Kompaniya yong‘in mashinadagi muammolar yoki uning salonida nimadir borligi sababli yuzaga kelganini aniqlashi kerak.

Kompaniyaning 200 mingdan ko‘proq mashinasidan ikkitasigina yo‘l-transport hodisasi yoki tashqi ta’sirsiz yonib ketgan. 2016 yil yanvarda Norvegiyada Model S zaryadlash quvvatidagi qisqa tutashuv sababli, avgustida esa Fransiyada sinov vaqtida yonib ketgan, bunga kompaniya tomonidan yo‘l qo‘yilgan nuqson sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda Tesla mashinalari quvvatlanish vaqtida yonib ketdi