17:28 / 12.03.2017
7 393

Ferrari birinchi avtomobili chiqarilganligining 70 yilligini nishonlamoqda

Ferrari birinchi avtomobili chiqarilganligining 70 yilligini nishonlamoqda

Italiyaning Ferrari avtomobil konserni 12 mart kuni mashhur «otxona» asoschisi Enso Ferrari o‘z markasidagi birinchi avtomobil dvigatelini ishga tushirganligining 70 yilligini nishonlamoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.

«Maranello ko‘chasida o‘tkazilgan test-drayv Ferrari’ning zamonaviy tarixini boshlab berdi», — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida. Gap 125 S nomi bilan mashhur sport mashinasi haqida bormoqda. Uning kapotiga sariq fonda gijinglab turgan ayg‘ir ot tasvirlangan emblema joylashtirilgan edi.

Kompaniya yubileyni 60 ta mamlakatda nishonlashni rejalashtirmoqda. Cheklangan seriyada chiqarilgan LaFerrari Aperta giperkarining namoyishi barcha tadbirlarning diqqatga sazovor qismiga aylanadi. Barcha tantanalar Maranellodagi bazada 9—10 sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ferrari birinchi avtomobili chiqarilganligining 70 yilligini nishonlamoqda