07:32 / 16.03.2017
8 178

To‘xtash chizig‘i ko‘rinmaydigan chorrahalardagi kameralar ishiga oydinlik kiritildi

To‘xtash chizig‘i ko‘rinmaydigan chorrahalardagi kameralar ishiga oydinlik kiritildi

To‘xtash chiziqlari aniq ko‘rinmaydigan chorrahalardagi qoidabuzarliklar kamera orqali qayd etilayotgan bo‘lsada, hozircha, qoida buzgani aniqlangan transport vositalari egalariga nisbatan ma’muriy jarima solish chorasi qo‘llanilmaydi. Chorrahalarda Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tartibda chiziqlar chizilganidan so‘ng, kameralar qayd etgan qoidalar bo‘yicha jarima solish qarori qabul qilinadi, deb yozmoqda Kun nashri.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmatidagi Kun.uz manbasi ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkentda ko‘plab chorrahalarda kameralar ishlamoqda. Ular qoidabuzarliklarni qayd etmoqda. Biroq, Yo‘l harakati qoidasiga muvofiq, chiziqlar mavjud bo‘lmagan chorrahalarda qoidabuzarlik qayd etilgan taqdirda ham jarima solinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » To‘xtash chizig‘i ko‘rinmaydigan chorrahalardagi kameralar ishiga oydinlik kiritildi