GM Uzbekistan yaqin vaqt ichida ikkita yangi global avtomobil modellarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda GM Korea prezidenti va ijrochi direktori Serjio Rocha Seulda tashkillashtirilgan o‘zbek—koreys biznes forumida ma’lum qildi. Bu haqda «UzDaily»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Jahon» axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rocha bugun O‘zbekistonda zamonaviy avtomobillar, tejamkor dvigatellar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha uchta to‘laqonli, yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan zavod tashkil etilganini e’tirof etgan.
«Biz dunyoning boshqa mamlakatlarida ikkitadan ko‘p avtomobil rusumlarini ishlab chiqarmaymiz. Ammo O‘zbekistonda 9 ta global avtomobil modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Kompaniya ikkita yangi global avtomobil modellarini ishlab chiqarish, GM Powertrain Uzbekistan negizida yanada kuchli avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish, O‘zbekistondagi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq korxonalarni GM’ning global etkazib berish tarmog‘iga kiritish, avtomobil uzellari, ehtiyot qismlar, transmissiyalar, amortizatorlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha quvvatlarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda», — dedi Rocha. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi
Kirg‘iz Respublikasida 45 ming muxlisga mo‘ljallangan stadion quriladi